Yirik loyihalar muhokamasi
Viloyat hokimi rahbarligida viloyat, shahar va tumanlar sektor rahbarlari hamda salohiyatli tadbirkorlar ishtirokida vohada amalga oshirilayotgan yirik loyihalar va ularda yaratilishi rejalashtirilgan ish o‘rinlari masalasi muhokama qilindi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan muhokamada loyihalarni amalga oshirishda tadbirkorlar duch kelayotgan muammolar tahlil qilindi.
Mutasaddilarga tadbirkorlar bilan manzilli ishlab, muammolarni bartaraf etish, ish o‘rinlari to‘liq yaratilishini ta’minlash vazifasi topshirildi.