Rasmiy munosabat
Kuni-kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali Surxondaryo viloyati “Vaqf” fondi tomonidan oilalarga yordam ko‘rsatilishi e’lon qilinib, fuqarolar kutib qolganligi to‘g‘risida tanqidiy material e’lon qilindi.
Holat yuzasidan tegishli mas’ullardan izoh olindi. Unga ko‘ra viloyat “Vaqf” fondi tomonidan ko‘rsatiladigan yordamlar oldindan xatlovdan o‘tkazilib, ro‘yxatlari shakllantirilgan oilalarning xonadonlariga yetkazib berilishi tushuntirilgan. Mazkur holatda ayrim mahallalar telegram guruhlarida noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilganligi sababli fuqarolar o‘rtasida tushunmovchilik yuzaga kelgan.
Surxondaryo viloyati “Vaqf” fondi ko‘makka muhtoj, ro‘yxatlari shakllantirilgan oilalarning barchasiga bosqichma-bosqich yordam ko‘rsatib kelina yotganligini hamda bu boradagi ishlar davom ettirilishini ma’lum qiladi.