Taxiatosh tumanini rivojlantirishda Surxondaryo viloyati tajribasi qoʼllaniladi
Surxondaryo viloyati hokimi Toʼra Bobolov boshchiligidagi soha masʼullaridan iborat Ishchi guruh Qoraqalpogʼistonning Taxiatosh tumanida boʼlib qaytdi.
Ishchi guruh aʼzolari dastlab tumanning mavjud imkoniyatlarini bilan yaqindan tanishib, shu asosda mahalliy mutasaddi va mutaxassislar bilan birgalikda tumanni 2022-2024 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari rejasini ishlab chiqishdi.
Eslatib oʼtamiz, Prezident topshirigʼi bilan Respublika viloyatlari Qoraqalpogʼistondagi barcha tumanlarga biriktirilgan boʼlib, Surxondaryo viloyatiga Taxiatosh tumanini oʼz tajribasi asosida rivojlantirishga koʼmaklashish belgilangan.