Oʼzbekiston Markaziy Osiyoda oʼzgarishlarga yagona umid boʼlib qolmoqda — The Economist
Nashr sharhlovchilari korruptsiyalashgan tuzumni Qozogʼiston inqirozining asosiy sababi deb hisoblamoqda. Shu bilan birga, quyidagi muammolar Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlariga xos ekanligi taʼkidlanadi:
xomashyo tovarlari eksportiga qaramlik;
aholining sezilarli mehnat migratsiyasi;
iqtisodiyotdagi beqarorlik;
uyushgan jinoyatchilik.
Maqolada, shuningdek, zarur islohotlarning yoʼqligi beqarorlikning manbai sifatida taʼkidlanadi.
Biroq nashrning taʼkidlashicha, 2016 yilda hokimiyat tepasiga kelgan Oʼzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev:
majburiy mehnat amaliyotiga barham berdi;
oddiy fuqarolarga koʼproq shaxsiy erkinlik berdi;
mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qildi
Bu, The Economist sharhlovchilariga koʼra, ijobiy oʼzgarishlar boʼlishi mumkinligi haqidagi yaxshi xabar.