Sariosiyoda hokim yordamchilariga kompyuter jamlanmalari topshirildi

Viloyatdagi iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli nisbatan og‘ir hududlar sifatida tanlangan mahallalarda hududni obodonlashtirish,  yo‘llarni ta’mirlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlashga ko‘maklashish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Bugun Sariosiyo tumanidagi Shirin mahallasida tashkil etilgan seminarda hokim yordamchilari va mahallada yoshlar yetakchilari tomonidan hududlarni rivojlantirish, yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan rejalari hamda amalga oshirgan ishlari bilan tinishildi. Ularga mazkur ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, hokim yordamchilarining faoliyati uchun zarur bo‘lgan zamonaviy kompyuter jamlanmalari topshirildi.

Tadbirda viloyat Xalq qabulxonasi mudiri A.Eshmurodov, viloyat hokimi o‘rinbosari F.Toirov, tuman hokimi A.Xujaqulov, sektorlar hamda viloyat boshqarmalari va ularning tumandagi vakillari ishtirok etdi.

Malakali shifokorlar tomonidan 40 yoshdan oshgan aholi, "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" hamda "Temir daftar"ga kiritilgan 525 nafar fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shulardan 165 nafarida kasallik aniqlanib, 155 nafar aholi ambulator sharoitda 10 nafari statsionar sharoitda davolanishga yuborildi.

Seminarda tumanda ishlab chiqarilayotgan sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi, shuningdek, “Besh tashabbus” doirasida bajarilayotgan ishlar va aholi bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkalari tashkil etildi.

Ushbu mahallada obodonlashtirish ishlar ham yo‘lga qo‘yilib, xayrli tashabbusga 65 ta maxsus texnikalar 300 ga yaqin hasharchilar jalb etilgan holda 2 km ichki yo‘llarga tosh-shag‘al yotqizish ishlari amalga oshirildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati