YANGI TAYINLOV
Surxondaryo viloyati hokimining qaroriga asosan, Ashurov Oybek Qurbonovich viloyat hokimligi Ijro intizomi nazorati bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
O.Ashurov 1988 yilda SHerobod tumanida tug‘ilgan. 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – huquqshunos.
O.Ashurov shu kungacha SHo‘rchi tumani hokimligi Bosh yuriskonulti vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati