Surxondaryo viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirining tegishli buyrug‘igi asosan, Arabov Abdumutalip Muxamadiyevich Surxondaryo viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

A.Arabov 1968 yilda Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1995 yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat.

Mehnat faoliyati davomida Termiz pedagogika kolleji, Jarqo‘rg‘on sport kolleji, viloyat o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim boshqarmasi, “Vatanparvar” tashkilotining viloyat kengashi, viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasida mas’ul lavozimlarda ishlagan.

A.Arabov shu kungacha Surxondaryo viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati