Shoshilinch axborot!
Ob-havoning keskin sovishi, kuchli shamol va yog‘ingarchiliklar bo‘lishi, ba’zi joylarda qor yog‘ishi ehtimoli borligi sababli, joriy yilning 18-19 mart kunlari Termiz tumanidagi “Otchopar” mavzesida o‘tkazilishi belgilangan Surxondaryo viloyatining asosiy Navro‘z bayrami tantanalari 19-mart sanasiga ko‘chirilganligini ma’lum qilamiz.
Eslatib o‘tamiz, Navro‘z umumxalq sayli bir kun 19-mart kuni soat 09:00 dan 17:00ga qadar davom etadi.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati