Yuqori natijalarga erishgan yosh bokschilar va ularning ota-onalariga esdalik sovg‘alari topshirildi

Sessiya oldidan sportning boks turi bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan surxondaryolik sportchilar va ularning oila a’zolariga viloyat hokimi To‘ra Bobolov tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Bular:

Abdumurodov Dilshod Abduqaxxorovich - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, 2022 yil 20-30 yanvar kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan U-22 Osiyo chempionatining oltin medal sohibi (Termiz shahar);

Nortojiyev Xo‘janazar SHerali o‘g‘li - Yoshlar o‘rtasida ikki karra O‘zbekiston chempioni, 2022 yil 28 fevral – 16 mart kunlari Iordaniyada yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 1-o‘rinni egallab oltin medal sohibi bo‘lgan, Osiyo chempioni (Termiz tuman);

Toxirova Muxlisa Nurshodovna - Yoshlar o‘rtasida uch karra O‘zbekiston chempioni, 2022 yil 28 fevral – 16 mart kunlari Iordaniyada yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 2-o‘rin egallab, kumush medal sohibasi bo‘lgan (SHo‘rchi tumani);

Bekova Dilfuza Abdumannon qizi - Yoshlar o‘rtasida ikki karra O‘zbekiston chempioni 2022 yil 20-30 yanvar kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan U-22 Osiyo chempionatining bronza medali sohibi, chempioni, 2021 yil Polshada yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Jahon chempionatida bronza medal sohibasi bo‘lgan (Jarqo‘rg‘on tumani)

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati