Navbatdagi hokimlik soati va tadbirkorlar qabuli bo‘lib o‘tdi

Bugun, 4 iyul kuni viloyat hokimligida videoselektor tarzida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat, shahar va tumanlar sektorlari rahbarlari,) hokimlik apparati mas’ul xodimlari, aloqador boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishni viloyat hokimi To‘ra Bobolov boshqarib bordi.

Dastlab "Ayollar daftari"ning uchinchi bosqichi bo‘yicha viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar holati ishchi guruhning o‘rganish xulosasi asosida viloyat hokimi tomonidan tanqidiy muhokama etildi. Mas’ullar ogohlantirilib, yo‘l qo‘yilgan  kamchiliklarni qisqa mudatda bartaraf etish, ishlarni samarali tashkil qilish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.  

Shundan so‘ng joylarda ko‘chma savdo joylarini tashkil etish hamda Vazirlar Mahkamasining 71-sonli qarori asosida yerlarni "Yerelektron" auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi.

Viloyat rahbari ushbu yo‘nalishlarda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga tegishli tartibda ogohlantirish berib, ularni bartaraf etish uchun aniq muddat belgiladi.

Yig‘ilishdan so‘ng faoliyatida muammolari bo‘lgan tadbirkorlar bilan viloyat hokimining navbatdagi «Tadbirkorlar qabuli» o‘tkazildi.

Qabulda viloyatimiz shahar va tumanlaridan 12 nafar tadbirkor o‘zini qiynayotgan masalalar bo‘yicha viloyat hokimiga murojaat etdi.

Tadbirkorlar o‘rtaga tashlagan masalarning 3 tasi joyida hal etilgan bo‘lsa, yechimi ma’lum vaqt talab etiladigan 9 ta murojaat bo‘yicha aloqador tashkilotlarga  tegishli topshiriq  berilib, ijrosi qatiy nazoratga olindi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati