Surxondaryo va Xatlon viloyatlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari kengaytiriladi

Bugun vohamizga amaliy tashrif bilan kelgan Xatlon viloyati raisi Davlatali Said va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov kengaytirilgan tarkibda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichda rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Xususan, muzokaralar davomida Surxondaryo va Xatlon viloyatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-madaniy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ikki hudud aloqalarini yangi bosqichda rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Rahbarlar hududlararo har tomonlama va ko‘p qirrali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanliklarini qayd etishdi.

Hududlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘ysh bo‘yicha Kelishuv loyihasini hamda uni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritalarini ishlab chiqishga kelishildi.

Xatlon viloyati raisi Surxondaryo viloyati hokimini joriy yil 17-18-oktyabr kunlari o‘tkaziladigan xalqaro biznes forumga taklif qildi.

Shundan so‘ng, Xatlon viloyati delegatsiyasi Termiz tumanida joylashgan “Namuna Elegant Agro” MChJning issiqxona xo‘jaligi faoliyati bilan tanishishdi. Shu yerning o‘zida tumanda yetishtirilayotgan meva-sabzavotlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Shuningdek, hududdagi issiqxona xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar gulchilik, ko‘chatchilik hamda sabzavotchilik yo‘nalishlaridagi faoliyatlari bilan ham tanishtirishdi.

Ikki hudud tadbirkorlarini jalb qilgan holda qishloq xo‘jaligi sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Keyingi manzilda Xatlon viloyati delegatsiyasi Termiz tumanida yirik ishlab chiqarish korxonalarida bo‘ldi. Jumladan, “Termez National Carpets” MChJning gilam ishlab chiqarish, “Afrosiyob Parranda” MChJning omuxta yem ishlab chiqarish hamda “Gold Dried Fruts Eksport” MChJning meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonalari faoliyati bilan tanishdi.

Ishlab chiqarish jarayonlari hamda tayyor mahsulotlarni ko‘zdan kechirgan Xatlon raisi viloyatimiz hokimiga vohaning tadbirkorlik salohiyatidan unumli foydalangan holda Tojikistonda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish taklifini bildirdi. Rahbarlar o‘zaro savdo-sotiq hamda tovar ayirboshlash hajmini oshirish masalalarini ham muhokama qildi.

Shuningdek, “Afrosiyob Parranda” MChJ ochiq maydonida tashkil etilgan Surxondaryoda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi hamda vohamiz tadbirkorlarining faoliyatini yuqori baholashdi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.