Ishonchli vakil targʼibot tadbirlarini Boysundan boshladi

Uchrashuvlarda ishonchli vakil ishtirokchilarni OʼzLiDePdan Prezidentlikka koʼrsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoevning tarjimai holi hamda saylovoldi dasturi bilan yaqindan tanishtirdi.

Taʼkidlandiki, OʼzLiDePdan koʼrsatilgan Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturida inson qadri ustuvor boʼlgan jamiyat va xalqparvar davlat – yaʼni, Yangi Oʼzbekistonni barpo etishdek ulugʼvor gʼoya oʼz ifodasini topgan. Ustuvor yoʼnalishlardan iborat saylovoldi dasturida kelgusi 5 yilda Oʼzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirib, koʼp millatli xalqimiz turmush farovonligini yanada yuksaltirish, ilm-fan, taʼlim, tibbiyot, sanoat, qurilish, xizmatlar koʼrsatish va boshqa sohalarda amalga oshirilishi lozim boʼlgan muhim vazifalar belgilangan.

Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili bilan oʼtkazilgan uchrashuvlarda saylovoldi dasturining har bir yoʼnalishi yuzasidan yetarli maʼlumot berilib, keyingi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona ichki va tashqi siyosat tufayli 2017 – 2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi izchil taʼminlanayotgani qayd etildi.

Muzokaralarda soʼzga chiqqanlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlar soʼnggi besh yilda togʼli Boysun tumani qiyofasini tubdan oʼzgartirgani va aholi turmush darajasini oshirganini alohida eʼtirof etdi. Аyniqsa, aholini toza ichimli suvi bilan taʼminlash, tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlab, sanoatni rivojlantirish, zamonaviy loyihalar asosida namunaviy uy-joylar barpo etish, xizmatlar koʼrsatish sifatini oshirish, taʼlim, sogʼliqni saqlash, madaniyat kabi sohalarda yuz bergan yangilanishlar haqida atroflicha fikr yuritdi. Inson qadr-qimmati ulugʼlanib, adolat va qonun ustuvorligi taʼminlanayotgan yurtimizda olib borilayotgan bunday xalqchil siyosat boysunliklar tomonidan keng qoʼllab-quvvatlanayotgani bildirildi.

Saylovchilar bilan yuzma-yuz ochiq muloqotlarda joriy yilning 24 oktyabrь kuni boʼlib oʼtadigan Prezident saylovida barchani faol qatnashishga, OʼzLiDeP nomzodini qoʼllab-quvvatlab, ovoz berishga chaqirildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.