Qoraqalpog‘iston yoshlari Surxondaryoda

Kuni kecha Surxondaryo viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan hamkorlikda "Biz bir elmiz, bir xalqmiz - Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarimiz!" shiori ostida Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh tumanida istiqomat qiluvchi 102 nafar 12-18 yoshdagi bolalar kutib olinib, SHerobod tumanidagi "Surxon-SHerobod-Beshbuloq" oromgohiga joylashtirildi.

Oromgohda ular uchun ma’rifiy va ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etilib, maroqli hordiq chiqarishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan.