YANGI TAYINLOV

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan, Xo‘jamuradov Islombek Rustamovich Muzrabot tumani prokurori etib tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Xo‘jamuradov Islombek Rustamovich 1984 yilning 8 iyunida Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi –  huquqshunos.

Faoliyati davomida Surxondaryo viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i, Jarqo‘rg‘on tumani prokurori, Surxondaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi, lavozimlarida ishlagan.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati