Termiz shahridagi muhtasham San’at saroyida ma’naviyat fidoiysi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan Madaniyat xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir va yozuvchi Eshqobil Shukur tavalludining 60 yillik yubileyi tantanali nishonlandi.




Tadbirda viloyat hokimi To‘ra Bobolov, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Tafakkur jurnali bosh muharriri Erkin A’zam, "Do‘stlik" ordeni sohibi, taniqli shoir Shodmonqul Salom, O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toyir, taniqli shoir, O‘zbekiston adabiyot va san’at jurnali bosh muharriri Salim Ashur, filologiya fanlari doktori, professor Abdulla Ulug‘ov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi o‘rinbosari SHerzod Irzoyev hamda professor-o‘qituvchilar, shoir va yozuvchilar, Eshqobil Shukurning safdoshlari, OAV va keng jamoatchilik vakilari ishtirok etdi.




