Denovda viloyat hokimining sayyor qabuli bo‘lib o‘tmoqda

Ayni vaqtda Denov tumani "Bog‘inav" mahallasi hududidagi Eko bog‘ida viloyat hokimi To‘ra Bobolov boshchiligida sektorlar, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, boshqarma va tashkilotlar, Xalq qabulxonasi rahbarlarining aholi muammolarini o‘rganish maqsadida ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tmoqda.

Hozirga qadar qabulda ishtirok etish uchun ro‘yxatga olingan fuqarolar soni 132 nafarni tashkil etib, 26 nafarining murojaati tinglandi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati