Surxondaryo delegatsiyasi ikki kunlik tashrif bilan Tojikistonning Xatlon viloyatida bo‘lib qaytdi

Bugungi kunda O‘zbekiston - Tojikiston hamkorligi har tomonlama rivojlanib, strategik sheriklikdan ittifoqchilik darajasiga chiqdi. Bunda ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarda keyingi yillarda vujudga kelgan va muntazam rivojlanib borgan tendensiyalar iqtisodiy hamkorlikda sanoat kooperatsiyasi, parlament va madaniy-gumanitar sohalarda xalq diplomatiyasini shakllantirdi, rivojlantirdi va o‘zining yangi ko‘rinishlarini keltirib chiqardi. Shu ma’noda qo‘shni mamlakat delegatsiyasining yurtimizda hamda Respublikamiz va viloyatlar delegatsiyalarining Tojikistonda bo‘lib o‘tayotgan doimiy uchrashuvlarini misol qilib keltirish mumkin.