Bandixondagi ommaviy qabulda 164 nafar fuqaroning murojatiga yechim izlandi

Bandixon tumani "Bektepa" mahalla fuqarolar yig‘inidagi qishloq xo‘jaligi va melioratsiya kolleji binosida bo‘lib o‘tgan viloyat hokimi To‘ra Bobolovning sayyor qabulida 164 nafar fuqaroning muammolari tinglanib, sektorlar rahbarlari va mutasaddilar ishtirokida ular o‘rtaga tashlayotgan muammolarni joyida hal etish yo‘llari izlandi.

Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan ichimlik va oqova suvi, ichki yo‘llar ta’miri, elektr ta’minoti, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot kabi turli masalalar bilan bog‘liq 192 ta muammo tinglandi. Murojaatlarning 39 tasi shu yerning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 4 ta yer ajratish bilan bog‘liq murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilib, 149 ta muammo ijrosi muddat talab etgani bois mas’ullarga qo‘shimcha o‘rganish o‘tkazib, hal etish vazifasi yuklatildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati