Onlayn yig‘ilishda muhim masalalar muhokama etildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov sektorlar rahbarlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, shahar va tumanlar hokimlari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida Zoom dasturi orqali hokimlik soati yig‘ilishini o‘tkazdi.

Yig‘ilish avvalida Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijro qilinishi ahvoli muhokama qilindi.

Shundan so‘ng mahallalarda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik mikromarkazlarini tashkil etish hamda Termiz shahri va tumanlarda turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, elektr, suv, gaz, chiqindi, shirkatlar to‘lovlarining undirilishi ahvoli va boshqa masalalar to‘g‘risida mutasaddilarning axborotlari tinglanib, atroflicha tahlil qilindi.

Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.