"Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi siyosiy-ma’rifiy o‘quv soati bo‘lib o‘tdi.

Unda Surxondaryo viloyati, shahar va tuman hokimliklari studiyasidan sektorlar rahbarlari, hokimliklar xodimlari, aloqador boshqarma va ularning hududiy bo‘limlari boshliqlari ham ishtirok etdi.

Siyosiy-ma’rifiy soatda spikerlar: muloqot madaniyati va notiqlik san’ati, davlat xizmatchilarining sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish hamda salomatligini asrash bo‘yicha zaruriy tavsiyalar haqida to‘xtaldi.

Shuningdek, O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ham ma’lumot berildi.