Navbatdagi tadbirkorlar qabuli bo‘lib o‘tdi

Surxondaryo viloyati hokimligida xususiy sektor vakillarini o‘ylantirayotgan muammolarni hal etish va yangi istiqbolli g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida viloyat hokimining navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli” bo‘lib o‘tdi.

Qabulda viloyatimizdagi turoperator, mehmonxona va dam olish maskanlari vakillari hamda xizmat ko‘rsatish sohalarda faoliyat olib borayotgan 15 nafar tadbirkor o‘zini qiynayotgan masalalar bo‘yicha murojaat qildi. Murojaatlarning 2 tasi joyida hal etilgan bo‘lsa, yechimi ma’lum vaqt talab etadigan 13 ta masalalar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatilib, ijrosi nazoratga olindi.