Boysunda “Olma sayli” festivali o‘tkazildi

Osmono‘par tog‘lari, maftunkor tabiati, mo‘tadil ob-havosi, shifobaxsh giyoh va suvlari, boldek shirin mevalari, tarixiy yodgorliklari va milliy qadriyatlari bilan dunyo sayyohlarini hayratlantirayotgan Boysunda o‘tkazilgan “Olma sayli” festivali Surxondaryo viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi hamda tuman hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

Shuningdek, festival oldidan ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlar uchun maftunkor go‘shadagi sayyohlik obyektlariga press-tur uyushtirdi.