Surxondaryoda maktab o‘quvchilari uchun diqqatga sazovor joylarga sayohat tashkil etildi
Termiz shahri va barcha tumanlardagi umumta’lim maktablarining 1300 nafardan ortiq o‘quvchilari uchun viloyat markazidagi diqqatga sazovor joylar, ko‘ngilochar maskanlar hamda tarixiy obidalarga sayohat tashkil etildi.
– Ilgari “Termiz” davlat muzey qo‘riqxonasida bo‘lmaganman. Bu yerdagi eksponatlarni ko‘rib tasavvurlarim o‘zgardi. Tarixiy obidalar, hayvonot bog‘i, umuman, barchasi zavqli va taassurotlarga boy bo‘ldi. Ko‘rganlarim haqida kelmagan do‘stlarimga va oila a’zolarimga so‘zlab beraman. Maroqli sayohat uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman – deydi maktab o‘quvchilaridan biri Moxinur Yo‘ldosheva.
Mazkur tadbir viloyatdagi umumta’lim maktablari o‘quvchilarining ta’tilini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga asosan tashkil etildi. Rejaga ko‘ra, sport musobaqalari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, konsert dasturlari ham o‘tkazilishi belgilangan.