Hurmatli vatandoshlar!
Bugun soat 11.00dan boshlab Markaziy Osiyo (Qirg‘iziston Qozog‘iston va O‘zbekiston) yagona energotizimida yirik uzilish kuzatilmoqda. Buning oqibatida bir qator infratuzilmalar vaqtinchalik ishdan chiqqani haqida xabarlar tarqatilmoqda.
Yuzaga kelgan vaziyatdan foydalangan holda ba’zi shaxslar ijtimoiy tarmoqlarda asossiz uydirmalar tarqatib, aholini vahimaga solishga urinmoqdalar.
Ushbu muammoni bartaraf etish yuzasidan hozirda tegishli xizmatlar va mutaxassislar izchil ravishda ishga kirishganlar va tezda elektr ta’minoti yo‘lga qo‘yiladi.
Barchangizni turli ig‘volarga quloq solmay, xotirjamlikni saqlashga chaqiramiz.