Surxondaryoda tijorat korxonalari soni qancha?

2022 yil 1 fevral holatiga ko‘ra, viloyatda ro‘yxatdan o‘tgan tijorat korxonalari soni 26 263 tani tashkil etgan.

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu korxonalarning:

– 12 171 tasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlari;

– 5 918 tasi oilaviy korxonalar;

– 120 tasi unitar korxonalar;

– 7 675 tasi xususiy korxonalar;

– 23 tasi aksiyadorlik jamiyatlari;

– 356 tasi boshqa korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.