Surxondaryoda jihodga chorlash targ‘iboti bilan shug‘ullangan, Suriyadagi jangarilarga qo‘shilishni reja qilgan shaxs qo‘lga olindi
Internetdagi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish jarayonida DEO/XTT emissarlari ta’siriga tushib, kelgusida Suriyadagi jangarilar lageriga borib qo‘shilishni rejalashtirgan shaxs aniqlandi.
Bu shaxs Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan R.I. bo‘lib, u DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda qo‘lga olindi.
Tadbir davomida unga tegishli bo‘lgan telefon apparati tekshirib ko‘rilganda, telegram messenjeridagi akkaunti orqali Abdulloh Zufar, Sodiq Samarqandiy Abu Saloh, Rashod Qori kabi "jihodchilar" DEO g‘oyalarini targ‘ibotchilari bilan aloqalari aniqlandi.
Bundan tashqari, u O‘zbekiston Islom Harakati XTTga tegishli "Jundulloh" media markazining "Amjad media" nashidalari, Suriyadagi Tavhid va jihod katibasi XTT rahnomasi Abu Salohning jihodga chorlovchi ma’ruzalarini yaqin tanishlariga tarqatib kelayotgani aniqlanib, videotasvir orqali pretsessual tartibda rasmiylashtirildi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.