Denovda harbiy xizmatchilarga yangi uylar topshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi Janubiy operativ qo‘mondonligining Xayrabod garnizoniga qarashli harbiy qism xizmatchilarining oilalari uchun 30 xonadonli yangi uylar kalitlari topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Denov tuman hokimi A. Allamuradov, Janubiy operativ qo‘mondonlik boshlig‘i polkovnik P. Satvaldiyev, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.

Yangi uyda barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, xonalar keng, yorug‘, shinam. Oshxona hamda boshqa qo‘shimcha xonalar zamonaviy usulda jihozlangan. Harbiylarning farzandlari uchun zamonaviy o‘yin maydonchasi barpo etilgan.