Denovda noqonuniy hujra faoliyatiga chek qo‘yildi
Surxondaryo viloyati Denov tumanida maktab yoshidagi voyaga yetmagan bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Denov tumanda yashovchi E.Sulton (ism sharif o‘zgartirilgan) 2021 yilning yanvar oyidan boshlab uyida viloyatning boshqa tumanlarida istiqomat qiluvchi maktab yoshidagi voyaga yetmagan bolalarga diniy adabiyotlardan noqonuniy diniy ta’lim berib kelayotganligi aniqlanib, adabiyotlar xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.
Holat yuzasidan xujjatlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risdagi kodeksning 241-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, joriy yil 10 yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudi tomonidan E.Sultonning oilaviy sharoitini hisobga olib, eng kam oylik ish haqqining 10 (o‘n) barobari ya’ni 2 mln. 700 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.