Surxondaryoda Navro‘z sayllari qaysi kunlari o‘tkaziladi?

“Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan viloyatimiz shahar va tumanlarida tashkillashtiriladigan xalq sayllarining o‘tkazish kuni, joyi va vaqti bilan tanishing:

Jarqo‘rg‘on tumani – 12 mart “Qo‘shtepa” mahallasi adirligi

Qumqo‘rg‘on tumani – 12 mart “Elobod” mahallasi adirligi

Uzun tumani – 12 mart “Malandiyon” mahallasi adirligi

Bandixon tumani – 13 mart “Bandixon” mahallasi adirligi

Denov tumani – 13 mart “Denov baraka yashil olami” MChJ majmuasi

Muzrabot tumani – 13 mart “Shaffof” mahallasi adirligi

Sherobod tumani – 14 mart “Cho‘yinchi” mahallasi Sport majmuasi

Sho‘rchi tumani – 14 mart “Charog‘on” madaniyat va istirohat bog‘i

Sariosiyo tumani – 14 mart “Yangihayot” mahallasi adirligi

Qiziriq tumani – 15 mart “Shabada” massivi adirligi

Angor tumani – 15 mart “Sharq guli” mahallasi, “Do‘stlik” madaniyat va istirohat bog‘i

Oltinsoy tumani – 15 mart “Qorliq” mahallasi adirligi

Boysun tumani – 17 mart “Yoshlar” istirohat bog‘i

Viloyatning asosiy bayram sayli (Termiz tumani bilan birga) – 18-19 mart Termiz tumani “Otchopar” majmuasi

Termiz shahri – 21 mart Termiz shahridagi madaniyat va istirohat bog‘i

Xalq sayllari belgilangan kunda soat 09:00dan 17:00ga qadar bo‘lib o‘tadi.