To‘ra Bobolovning Denov tumani fuqarolar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda

Denov tumani "Yangi Hazorbog‘" mahallasi hududidagi 14 - bolalar musiqa va san’at maktabi binosida "Inson qadri uchun" tamoyili asosida bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov boshchiligida sektorlar, boshqarma va tashkilotlar, Xalq qabulxonasi rahbarlari ishtirok etmoqda.

Aholi muammolarini o‘rganish maqsadida tashkil qilingan uchrashuvda ayni vaqtda qadar 100 ga yaqin fuqarolar tashrif buyurgan.

“Yangi Hazorbog‘” mahallasida yashovchi Mahbuba Nodirova viloyat hokimidan nogiron farzandini davolanishida moliyaviy yordam so‘radi. Bunga javoban mutaxassislar xulosasini tinglanib, davolanishi uchun zarur mablag‘ ajratish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

“Quyoshli yurt” mahallasida yashovchi Nodira Omonova ham viloyat hokimiga murojaat etib, uy-joy olishi uchun kredit ajratilishida kafillik masalasi hal bo‘lmayotganligi va yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan farzandining nafaqa pulini ololmayotganini ma’lum qildi. Fuqaroning murojaati inobatga olinib, ikkala masalani hal etish bo‘yicha mas’ullarga muddat belgilandi.

Ochiq muloqot davom etmoqda. Sayyor qabul tafsilotlari bilan keyinroq tanishtiramiz.