Taxiatosh tumanida Surxondaryo tajribasi qanday joriy etilmoqda?

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirishga Surxondaryo viloyati amaliy yordam berishga mas’ul etib belgilangan.

Hozirda Taxiatosh tumanida Surxon vohasi tadbirkorlari, bank rahbarlari va mutasaddilardan iborat viloyat shtabi tuzilgan bo‘lib, mahalliy mutasaddilar bilan birga tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ishlar olib bormoqda.

Shu ishlarning borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida bugun Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov boshchiligida hokimlik mas’ullari, korxona va tashkilotlar rahbarlari Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurdi.

Delegatsiyani Nukus xalqaro aeroportida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Murat Kamalov va Vazirlar Kengashi Raisi Qahramon Sariev boshchiligida mas’ullar kutib oldi.

Delegatsiya a’zolari ayni paytda Taxiatosh tumanida tashkil etilgan “Yoshlar bog‘i” faoliyati bilan tanishmoqda.