30 aprel kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Farmoyishiga asosan, joriy yilning 30 aprel kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

"Mahalla obodligi – yurt farovonligi" shiori ostida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan ushbu xayrli tashabbus doirasida:

 mahallalar;

 aholi yashash xonadonlari;

 ko‘p qavatli uy atroflari;

 guzar va xiyobonlar;

 ziyoratgoh va qabristonlar;

ko‘cha va bolalar maydonchalarida keng obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib boriladi.

Shuningdek, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yolg‘iz yashovchi hamda nogironli mavjud yurtdoshlarimiz holidan xabar olinib, ularning yashash sharoitlari yaxshilanib, uy-joylarini ta’mirlashga ko‘maklashiladi.