BMTning O‘zbekiston va Afg‘onistondagi doimiy vakillari Surxondaryoda bo‘ldi
Joriy yilning 11 may kuni Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov O‘zbekistonning Qobuldagi elchisi Yodgorxo‘ja Shadmonov bilan BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili Roli Astxana hamda Afg‘onistondagi doimiy vakili Ramiz Alakbarov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Samimiy ruxda o‘tgan uchrashuvda T.Bobolov viloyatning iqtisodiy, ijtimoiy, geografik imkoniyatlari hamda o‘ziga xos investitsiyaviy xususiyatlari, qo‘shni Afg‘oniston davlati bilan faol hamkorlik aloqalari to‘g‘risida so‘z yuritdi. Tomonlar o‘zaro qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashib, hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Uchrashuvdan so‘ng, delegatsiya a’zolari Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish talim markazi, “Termiz Cargo Center” xalqaro logistika markazi hamda Termiz arxeologiya muzeyida bo‘lishdi.