“Yevropa tinchlik instituti” tahlil markazi delegatsiyasi Surxondaryoda bo‘ldi

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov “Yevropa tinchlik instituti” tahlil markazi katta maslahatchisi Patrik de Vries boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Samimiy ruxda o‘tgan uchrashuvda T.Bobolov viloyatning iqtisodiy, ijtimoiy, geografik imkoniyatlari hamda o‘ziga xos investitsiyaviy xususiyatlari, qo‘shni Afg‘oniston bilan faol hamkorlik aloqalari to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Tomonlar Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy muloqotni rivojlantirish, dunyo hamjamiyati e’tiborini Afg‘oniston masalasiga qaratish, “Yevropa tinchlik instituti” tahlil markazi bilan muloqotni kengaytirish kabi masalalarda o‘zaro fikr almashib, hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar.