Avf etilganlar ijtimoiy hayotga yo‘naltirilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Ramazon hayit” bayrami munosabati bilan “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmoniga Surxondaryo viloyatidan ham 7 nafar shaxs jazoni ijro etish muassasalardan ozod etilib, yashash manzillariga qaytgandi.
Shu munosabat bilan viloyat hokimi To‘ra Bobolov afv etilganlarni qabul qilib, ularga xalqimizga xos bag‘rikenglik fazilatini namoyon etgan Prezidentning ishonchini oqlab, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, yuz berayotgan o‘zgarish va yangilanishlarning faol ishtirokchisi bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.
Mutasaddilarga afv etilganlarni ijtimoiy moslashtirish, moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, salomatliklarini tiklash, ishga joylashtirish va shu kabi boshqa hayotiy masalalarda amaliy yordam berish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.