Angor va Termiz tumanlari gā€˜allakorlari mamlakatimizda birinchi

2022 yil hosili uchun Angor tumani g‘allakorlari 5650, termizlik mirishkorlar 2900 gektar yerda mahalliy iqlim va tuproq sharoitiga mos ertapishar va serhosil navli urug‘larni ekib, undirib oldi. Ekinlar zamonaviy texnologiyalar asosida parvarish qilinishi samarasida kutilgan hosil yetishtirildi.

Hosilni qisqa fursatlarda yig‘ishtirib olish ishlari oqilona tashkil etilishi natijasida Angorda 6317, Termiz tumanida 5333 tonna tovar don yig‘ib olinib, reja mamlakatimizda birinchi bo‘lib ortig‘i bilan bajarildi.

O‘rib olingan maydonlarda o‘rtacha hosildorlik 77-80 sentnerni tashkil etdi. Angor tumanidagi “Zamin Angor klaster” MChJ, “Saidnosirxon”, “Angor Xomkon mirishkori”, “Xomkon mirishkor dehqonlari”, Termiz tumanidagi “Indenim klaster” MChJ, “Anvar Do‘stlik”, “Sharof Mohinur”, “Farhodbek Yangiariq” kabi fermer xo‘jaliklari xirmonga katta hissa qo‘shdi.

Hozirda qolgan maydonlardagi hosilni yig‘ishtirib olish ishlari davom etmoqda.