Hokim yordamchilariga planshetlar topshirildi

Bugungi kunda mahallalardagi hokim yordamchilarini jamiyatdagi o‘rni hamda rolini kuchaytirish maqsadida moddiy texnik bazasini mustahkamlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, joriy yilda Surxondaryo viloyatidagi 721 ta mahallalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman hokimining yordamchilariga ish faoliyatida foydalanish uchun zamonaviy kompyuterlar berilgan bo‘lsa, endilikda ularning faoliyatlarini yanada samarali tashkil etish maqsadida maxsus imkoniyatlarga ega planshetlar topshirildi.

Bu o‘z navbatida hokim yordamchilariga fuqarolar bilan ishlash va zimmasidagi vazifalarni amalga oshirishda, axborot bilan ishlashda tezkorlikni ta’minlovchi qulay vosita bo‘lib xizmat qiladi.