Surxondaryolik soliq to‘lovchilar joriy yilning may oyida qariyb 185 milliard so‘m soliq to‘lashdi

Surxondaryo viloyati DSB matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan oyda viloyatimiz soliq to‘lovchilari tomonidan  184 milliard 308 million so‘m miqdorida soliq to‘lanib, belgilangan prognoz rejasi 6,8 milliard so‘m ortig‘i bilan bajarildi.

Budjetga yo‘naltirilgan mablag‘larning asosiy qismi 161,3 milliard so‘m yoki 87,5 foizi yuridik shaxslar, 23,0  milliard so‘m yoki 12,5 foizi esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Soliq turlari bo‘yicha tahlil qilinganda:

68,1 milliard so‘m yoki 37,0 foizi jismoniy shaxslar daromad solig‘i;

35,0 milliard so‘m yoki 19,0 foizi qo‘shilgan qiymat solig‘i;

13,6 milliard so‘m yoki 7,4 foizi aksiz solig‘i;

21,3 milliard so‘m yoki 11,6 foizi jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk solig‘i;

46,3 milliard so‘m yoki 25,0 foizini esa boshqa soliqlar va yig‘imlar tashkil etdi.