Respublika ishchi guruhi ommaviy sayyor qabulining uchinchi kuni Sariosiyo tumanida bo‘lib o‘tmoqda
Aholi murojaatlari bilan ishlash, odamlarning muammo va takliflari asosida joylardagi masalalarni hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Tursunxan Xudaybergenov rahbarligidagi respublika ishchi guruhi tomonidan Surxondaryoda ommaviy qabullari davom etmoqda.
Bugungi ommaviy qabullarda Sariosiyo va Uzun tumani fuqarolari o‘zlarining mammolari yuzasidan Prezident Administratsiyasi vakillari, o‘ttizga yaqin vazirlik va idoralar, shuningdek, hududiy sektorlar, boshqarma va tashkilotlar rahbarlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishmoqda.
Qabullar Sariosiyo tumani "Shohjahon" mahallasidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumi binosida bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov ham qatnashmoqda. Hozirga qadar viloyat hokimiga murojaat qilish uchun 267 nafar fuqaro ro‘yxatga olindi hamda ularning 117 nafarining murojaatlari tinglandi.