Respublika ishchi guruhi ommaviy sayyor qabulining to‘rtinchi kuni Jarqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tmoqda
Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga binoan tuzilgan Respublika ishchi guruhining Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tayotgan ommaviy qabulining navbatdagisi Jarqo‘rg‘on tumani “Surxon sohili” mahallasida joylashgan Madaniyat uyi binosida Termiz, Jarqo‘rg‘on tumanlari hamda Termiz shahri fuqarolari uchun bo‘lib o‘tmoqda.
Fuqarolar o‘zlarining muammolari yuzasidan Respublika ishchi guruhi tarkibidan o‘rin olgan Xalq qabulxonalari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, o‘ttizga yaqin vazirlik, qo‘mita va tashkilotlar rahbarlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishmoqda.
Ommaviy qabulda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov va sektorlar rahbarlari ham ishtirok etmoqda va aholi murojaatlarini mas’ullar ishtirokida tinglab, ko‘tarilgan masalalarni hal etish choralari ko‘rilmoqda.