Respublika ishchi guruhining so‘nggi ish kuni viloyatning Boysun tumanida o‘tmoqda

Prezident topshirig‘iga binoan tuzilgan Respublika ishchi guruhining Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tayotgan ommaviy qabulining oltinchi kuni voha markazidan 170 km uzoqlikdagi Boysun tumanining "O‘rta Machay" mahallasi hududidagi oilaviy poliklinika bog‘ida bo‘lib o‘tmoqda.

Qabulda Boysun tumani hamda yaqin hududlarda joylashgan tumanlardan tashrif buyurgan fuqarolar o‘zlarining muammolari yuzasidan Respublika ishchi guruhi tarkibidan o‘rin olgan Xalq qabulxonalari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, o‘ttizga yaqin vazirlik, qo‘mita va tashkilotlar rahbarlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishmoqda.

Ommaviy qabulda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov hamda Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Alisher Usmonov ham ishtirok etmoqda va aholi murojaatlarini mas’ullar ishtirokida tinglab, ko‘tarilgan masalalarni hal etish choralari ko‘rilyapti.