Hokim va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi muammolarga yechim, orzularga qanot bag‘ishladi

Prezidentimiz rahbarligidagi videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqqa asosan, joylarda “Hokim va bitiruvchi yoshlar” uchrashuvi o‘tkazilishi belgilangan edi.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda vohamizdagi 3 mingga yaqin yosh qamrab olindi. Viloyat hokimligi katta majlislar zalida hamda videoaloqa orqali shahar va tumanlar studiyalaridan ishtirok etgan bitiruvchi yoshlarning taklif va muammolari tinglanib, viloyat rahbari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Bu yil viloyatimizda ta’lim muassasasalarini 49 ming nafar yoshlar bitirdi. Shundan, umumta’lim maktablarini 32 ming, kasb-hunar maktablarini 5 ming, kollejlarni 3 ming, texnikumlarni 1,5 ming, oliy ta’lim muassasalarini 6 ming 200 nafar yoshlar tamomladi.

O‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, maktab bitiruvchilarining 29 ming 500 nafari yoki 91 foizi oliy ta’lim muassasalariga, 1 ming 25 nafari kollej va texnikumlarda o‘qishni davom ettirish, 1 ming 200 nafari ishga joylashish, harbiy xizmatga borish va boshqa maqsadlar bo‘yicha o‘z xohishlarini bildirishgan.

Bundan tashqari, professional ta’lim muassasalari (kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar)ni bu yil birinchi marta 10 ming 200 nafar o‘quvchi-yoshlarimiz bitiradi.

Ularning 5 ming 800 nafari oliy ta’limda muassasalida o‘qishni davom ettirish istagini bildirgan bo‘lsa, qolgan 4 ming 400 nafar bitiruvchi yoshlar ishga joylashish istagini bildirgan.

Shuning uchun, viloyatda mavjud 25 ming 355 ta ish o‘rinlariga ega bo‘lgan 211 ta tashkilot, korxona va xususiy sektorning mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda 2023 yilda kutilayotgan ehtiyojlari o‘rganib chiqildi.

Viloyat hokimligi tomonidan o‘tgan o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga shartnoma asosida o‘qishga kirgan 1 ming 500 nafar talabalarga 4 mlrd. so‘mlik shartnoma pullarini to‘lashda hamda 875 nafarga yaqin yoshlarning bandligini ta’minlashda va 11 ming 675 nafar yoshlarga 302 mlrd. so‘m kreditlar ajratishda ko‘maklashildi. 5 ming 770 nafar yoshga yer maydonlari ajratildi.

Uchrashuvda viloyat hokimi yoshlarning o‘z oldilariga qo‘ygan rejalarini amalga oshirishda barcha sektor rahbarlaridan tortib mahalla faollarigacha yaqin ko‘makchi va maslahatchi bo‘lishini ta’kidladi.

“Hokim va bitiruvchi yoshlar” uchrashuvlari hafta davomida joylarda ham tashkil etilishi va mazkur ishlarni muvofiqlashtirib borish uchun viloyat hamda shahar va tumanlarda Shtablar faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi ma’lum qilindi.