Fuqarolarimizdan vahimaga tushmaslikni, sarosimaga berilmaslikni so‘raymiz – To‘ra Bobolov

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Sariosiyo tumanidagi “To‘palang suv ombori”da bo‘lib, haqiqiy holatga izoh berdi va vahimaga o‘rin yo‘qligini ta’kidladi:

“Bugun ertalab soat 8:14da Sariosiyo tumani “To‘palang suv ombori”ning To‘palang GES qismida suv toshqini holati yuz bergan. Suv ombori to‘g‘oniga hech qanday talofot, shikast yetmagan. Hozirda suv sizib chiqish to‘xtatilgan. To‘palang GESning ichki qismida yuzaga kelgan kichik nosozlik bugunning o‘zida bartaraf etiladi. “Zarchob-1” va “Zarchob-2” GES esa maromda ishlab turibdi.

Hududda tegishli komissiya ish olib bormoqda. Fuqarolarimizdan tushkunlikka tushmaslikni, sarosimaga berilmaslikni so‘raymiz. Hech qanday vahimaga o‘rin yo‘q!”