Surxondaryoda 145 nafar xotin-qizlarga subsidiya asosida o‘zini o‘zi band qilishi uchun jihozlar topshirildi
Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, muammolarini hal etish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, turmush sharoitini yaxshilash hamda bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Joylardagi hokim yordamchilari tavsiyalari asosida ijtimoiy himoyaga muxtoj bo‘lgan, o‘zining tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, o‘zini o‘zi band qilish istagini bildirgan, «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan navbatdagi 145 nafar xotin-qizlarga tikuv dastgohlari bepul tarqatildi.
Endilikda tikuv dastgohlari berilgan xotin-qizlar bepul kurslarda o‘qitiladi va o‘z faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishlariga ko‘maklashiladi. Bu esa ularning uyda o‘tirgan holda o‘zlarini band qilishlari va oilasiga qo‘shimcha daromad olib kirishlariga imkon yaratadi.
Viloyatda bu boradagi ishlar bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.