Termiz va Sho‘rchi tumanlarida hokim yordamchilari tavsiyasi bilan navbatdagi subsidiyalar topshirildi
Viloyat Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi hamda hokimliklar tomonidan aholiga ko‘mak ko‘rsatish, ularning tadbirkorlik hamda hunarmandchilik faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida subsidiyalar ajratish ishlari davom etmoqda.
Kuni-kecha Termiz tumanida «daftarlar»da turgan, band bo‘lmagan 34 nafar ayollarga hokim yordamchilari tavsiyasi bilan tikuv dastgohlari topshirildi. Ularga o‘z tikuvchilik faoliyatlarini boshlashlariga ko‘mak ko‘rsatilishi, bepul kurslarda o‘qib, tikuvchilikni щrganishlari mumkinligi ma’lum qilindi.
Bugun boshqarma tomonidan Sho‘rchi tumanida 41 nafar usta hunarmandning “Hunarmandlar” uyushmasiga a’zolik badali subsidiya asosida to‘lab berilganligini tasdiqlovchi sertifikatlar topshirildi. Endilikda ular uyushma a’zosi sifatida hunarmandlarga berilgan imtiyozlar yordamida faoliyatlarini yanada rivojlantirishlari mumkin bo‘ldi.