"Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi siyosiy-ma’rifiy o‘quv soati bo‘lib o‘tdi.

Unda Surxondaryo viloyati, shahar va tuman hokimliklari studiyasidan sektorlar rahbarlari, hokimliklar xodimlari, aloqador boshqarma va ularning hududiy bo‘limlari boshliqlari ham ishtirok etdi.

Siyosiy-ma’rifiy soatda spikerlar: rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirishning yangi tizimi va jamoadagi ijtimoiy muhitga ta’sir qiluvchi omillar haqida to‘xtaldi.

Shuningdek, O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ham ma’lumot berildi.