Viloyat hokimi To‘ra Bobolov uzunlik fuqarolar bilan uchrashdi

Uzun tumani "Xatib Qahramon" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 18-maktab binosida viloyat rahbari tomonidan fuqarolarning murojaatlarini tinglash va hal etish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda 88 nafar fuqaro 103 ta turli masalalardagi muammolari bilan viloyat rahbariga murojaat qildi. Murojaatlarning 31 tasi shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi.

Qabulda ishtirok etgan Uzun tumani “Navro‘z” mahallasida yashovchi, 2-guruh nogironi Laylo Karimova uy-joyini ta’mirlashda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Fuqaroning yashash sharoiti va mavjud imkoniyatlari to‘g‘risida mas’ullardan ma’lumot olingach, marojaatni qisqa muddatda hal etish bo‘yicha topshiriq berildi.

Shuningdek, Uzun tumani “Qizil Qahramon” mahallasida yashovchi 2-guruh nogironi, yolg‘iz ona Nargiza Azizova muddatli harbiy xizmatdan qaytgan farzandining ishga joylashtirilishida yordam so‘radi. Murojaat shu yerning o‘zida ijobiy hal etilib, Uzun tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga yong‘in havfsizligi yo‘nalishiga ishga tavsiya qilindi. Bundan tashqari, fuqaro viloyat hokimining avvalgi sayyor qabullarida ham sog‘ligini tiklash uchun yordam so‘rab qilgan murojaati ijobiy hal etilganligini aytib, o‘zining minnatdorchiligini bildirdi.

Sayyor qabulda murojaat qilingan 72 ta masala ijrosi muddat va mablag‘ talab qilganligi sababli qo‘shimcha o‘rganish va hal etish uchun mas’ullarga yo‘naltirilib, nazoratga olindi.