Termiz tumanida ekstremal sharoitlarda yashovchanlik bo‘yicha yig‘in tashkil etildi

Termiz tumanida joylashgan “Uchko‘l” sohilida O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi a’zolari hamda harbiy xizmatchilar ishtirokida ekstremal sharoitlarda yashovchanlik bo‘yicha o‘quv-uslubiy yig‘in tashkil etildi.

70 nafarga yaqin ovchi va harbiy xizmatchilar ishtirok etgan yig‘inda dastlab, dala chodirlari tiklandi hamda harbiy qurol-aslahalar va ov uchun mo‘ljallangan qurollar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda har bir qurolning o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganildi.

Yig‘in davomida:

- Turli xil hayvonlarni tutish uchun qopqonlar va ulardan foydalanish;

- Ekstremal sharoitlarda olov yoqish;

- Ekstremal sharoitda shaxsiy tarkib joyda joylashuv va niqoblash;

- Ekstremal sharoitda suv topish va saqlash hamda filtrlash;

- Ekstremal sharoitlarda baliq va suv jonzotlarini ovlash;

- Sport quroli (TOS-8) dan aniqlikka otish;

- Silliq stvollli quroldan stent otish;

- Har xil sharoitlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish;

- Har xil sharoitlarda ovqat va suv topish (qo‘lga kiritilgan o‘ljadan ovqat tayyorlash);

- Yovvoyi hayvonlarning ovozini o‘xshatish va izini aniqlash yo‘nalishlarida bellashuvlar o‘tkazildi.

Bellashuvlar natijasiga ko‘ra, Angor tumani ovchilari va harbiy xizmatchilar faxrli birinchi, Termiz tumani vakillari ikkinchi hamda Sherobod tumani ovchilari uchinchi o‘ringa munosib deb topildi.

Yakunda mahoratli ovchilar, harbiylar hamda faol yoshlarga qo‘mondonlik tomonidan diplom va sovg‘alar topshirildi.