“O‘zgidromet” Surxondaryoning ayrim hududlarida sel kelishi xavfidan ogohlantirmoqda

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, joriy yilning 2−5 avgust kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, viloyatimizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, jumladan, Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Markaz xabarida tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, chorva mollari boquvchilar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan zarur ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Ma’lumot uchun, Toshqin suvlari, sel oqimlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq xavflar yuzaga kelganda respublikaning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan tezkor shtablarga 101, 1050 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.