Sayyor qabullar fuqarolarning yashash tarzida o‘zgarish yasamoqda

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning xalq hayotidan yaqindan xabardor bo‘lish, aholining talab va ehtiyojlarini tizimli o‘rganish, aniqlanayotgan muammolarni joyida hal etish maqsadida markazdan tortib, to olis chekka hududlarda o‘tkazayotgan ommaviy qabullari davom etmoqda.

Ayni vaqtda Sherobod tumanida bo‘lib o‘tayotgan sayyor qabulda fuqarolarning 152 ta murojaati ko‘rib chiqilib, uning 39 tasiga joyida ijobiy yechim topildi. Jumladan,

Sherobod tumanining Balhiguzar mahallasida yashovchi Maftuna Qodirova o‘zi va turmush o‘rtog‘i ishsiz ekanligini aytib, bandligini ta’minlashda yordam so‘radi. Fuqaroning murojaati shu yerning o‘zida ijobiy hal etilib, o‘zining mutaxassisligi bo‘yicha Sherobod tuman tibbiyot birlashmasi Perinital markaziga navbatchi hamshira vazifasiga ishga qabul qilindi.

- Kasb-hunar kollejida tibbiyot yo‘nalishini tamomlaganman. Xonadonimizda 4 xo‘jalik istiqomat qilamiz. Turmush o‘rtog‘im ikkimiz ishsizligimizni aytib, ish so‘rab viloyat hokimiga qilgan murojaatim shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi. Ishga qabul qilinganligim to‘g‘risida bo‘yruqni qo‘limga berishdi. Bugun onamni tug‘ilgan kunlari edi, oilamizga qo‘shaloq bayram bo‘ldi. Xalqimizning dard-u tashvishlarini tinglab, yechim izlashyapi buning uchun mas’ullarga rahmat. Inson qadri ulug‘lanayotgan shu yurtda yashayotganimdan Prezidentimizdan minnatdorman.

▫️Buyuk ipak yo‘li mahallasida yashovchi ikkinchi guruh nogironi Erkin Eshmurodov iqtisodiy tomondan qiyin ahvolda ekanligini aytib, viloyat hokimidan nikoh to‘yini o‘tkazishda yordam so‘radi. Sayyor qabulda ushbu fuqaroning ham murojaati ijobiy hal etilib, joriy yilning 28 avgust kuni tuman hokimligi hamda mas’ullar tomonidan nikoh to‘yi o‘tkazib beriladigan bo‘ldi.

Mehnatobod mahallasida yashovchi 26 yoshli To‘ramurod Axmedov bandligini ta’minlashda yordam so‘radi. Viloyat hokimi mas’ullarga T.Axmedovni ish bilan ta’minlash barobarida ust-boshini yangilash topshirig‘ini ham berdi. Mutasaddilar bilan birgalikda bozorga yo‘l olgan murojaatchi hech qancha vaqt o‘tmay yangi ust-boshda quvonch bilan qaytdi va "yangilangan" Turdimurod bo‘ldim deya o‘zining minnatdorchiligini izhor etdi.

- Oilada onam bilan birga yashaymiz. Ish so‘rab viloyat hokimga murojaat qilgan edim, ochig‘i kutmagan narsam bo‘lib ketdi. Ishim ham hal bo‘ldi, ust-boshim ham yangi bo‘ldi. Buning uchun davlatimizdan minnatdorman, kelajakda sadoqatim bilan ishlab, bu yaxshiliklarni albatta qaytaraman.

Termiz shahrida yashovchi yolg‘iz ona Nilufar Xudoyberdievaning ham ish so‘rab qilgan murojaati ijobiy hal etildi. Fuqaroning oliy ma’lumotli pedagog ekanligi inobatga olinib, hozirda vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan Termiz davlat universitetining Iqtisodiyot fakultetiga o‘qituvchi sifatida ishga qabul qilinadigan bo‘ldi.

Ayni vaqtda sayyor qabul davom etmoqda. Qabulda ishtirok etish uchun 182 nafar fuqaro ro‘yxatga olindi. Qabul davom etmoqda.